Hisobni o‘chirish

Oxirgi yangilanish: 14.09.2026

Ilovada yoki saytda

BozorMi ilovasini yoki bozormi.uz/app sahifasini oching: Sozlamalar → Hisobni o‘chirish. Parolingizni (Google bilan kirgan bo‘lsangiz — emailingizni) kiriting va tasdiqlang. Yuqoridagi “Hisobga kirib o‘chirish” tugmasi shu oynani darhol ochadi — ilovani o‘rnatish shart emas.

Email orqali

Hisobingizga kira olmasangiz, hisobga bog‘langan emaildan support@bozormi.uz manziliga “Hisobni o‘chirish” mavzusida yozing. So‘rov hisob egasi ekaningiz tasdiqlangach 30 kun ichida bajariladi.

Nimalar o‘chiriladi

Hisob va profil (ism, email, telefon), o‘zingiz yaratgan ro‘yxatlar va ulardagi mahsulotlar, shablonlar, o‘z kategoriyalaringiz, saqlangan mahsulotlar, do‘stlar, takliflar, qurilmalar va hisob faoliyati. Barcha qurilmalarda darhol hisobdan chiqasiz, ma’lumotlar odatda bir necha daqiqada o‘chiriladi.

Nimalar qoladi

Boshqalarning umumiy ro‘yxatlariga siz qo‘shgan mahsulotlar o‘sha ro‘yxatlarda ismingizsiz qoladi. Zaxira nusxalar 6 oygacha saqlanib, keyin o‘chiriladi. Faol Pro obunasi hisob bilan birga bekor qilinmaydi — uni Google Play’da bekor qiling.