Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 14.09.2026
Umumiy
Ushbu siyosat BozorMi xizmati — bozormi.uz sayti, Android, iOS va kompyuter ilovalari — qanday ma’lumotlarni to‘plashi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.
Qanday ma’lumotlarni to‘playmiz
Hisob: ism, email, xohishingizga ko‘ra telefon raqam va parolning xeshi; Google bilan kirsangiz — Google hisobingizdagi ism, email va identifikator. Siz yaratgan ma’lumotlar: ro‘yxatlar, mahsulotlar, miqdor va narxlar, do‘konlar, kategoriyalar, shablonlar, a’zolar, do‘stlar va faoliyat tarixi. Xavfsizlik uchun: qurilma turi, IP manzil va oxirgi faollik vaqti. Ilova internetsiz ishlashi uchun ro‘yxatlaringiz nusxasi qurilmangizda ham saqlanadi.
AI funksiyalari
Pro’dagi AI funksiyalaridan foydalanganingizda siz yuborgan rasm, ovozli yozuv, matn yoki taom nomi mahsulotlarni aniqlash uchun OpenAI’ga yuboriladi. Ular natija qaytgach serverimizda saqlanmaydi, OpenAI shartlariga ko‘ra esa modellarni o‘qitishda ishlatilmaydi. AI natijasi haqida xabar bersangiz, tekshirish uchun o‘sha natija nusxasi 6 oy saqlanadi.
To‘lovlar
Pro obunasi Google Play orqali to‘lanadi. Karta ma’lumotlaringizni biz ko‘rmaymiz va saqlamaymiz: Google Play bizga faqat obuna holati, tarif, amal qilish muddati va buyurtma raqamini yuboradi.
Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz
Faqat xizmat ishlashi uchun: ro‘yxatlarni saqlash va sinxronlash, ulashish, kirishni tasdiqlash va parolni tiklash, Pro imkoniyatlari va obunani yuritish, xizmatni suiiste’moldan himoya qilish. Ma’lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi, ilovada reklama yoki kuzatuv vositalari yo‘q.
Kimlar ko‘radi
Ro‘yxat a’zolari va do‘stlaringiz ismingiz hamda aloqa ma’lumotingizni (email yoki telefon) ko‘radi; boshqalar sizni aynan shu email yoki raqam orqali topib qo‘shishi mumkin. Xizmatni yuritish uchun zarur ma’lumotlar quyidagi hamkorlarga beriladi: OpenAI (AI funksiyalari), Google (Google bilan kirish va to‘lovlar), Cloudflare (ro‘yxatdan o‘tishni botlardan himoya qilish) va Brevo (email xabarlari). Qonun talab qilgan hollardan tashqari boshqa hech kimga berilmaydi.
Saqlash muddati
Ma’lumotlar hisobingiz mavjud ekan saqlanadi. Tasdiqlanmagan ro‘yxatdan o‘tishlar 7 kundan, faoliyat tarixi 1 yildan keyin o‘chiriladi. Zaxira nusxalar 6 oygacha saqlanadi va keyin o‘chiriladi.
Hisobni o‘chirish
Hisobingizni ilovada (Sozlamalar → Hisobni o‘chirish), bozormi.uz/delete-account sahifasida yoki support@bozormi.uz manziliga yozib o‘chirishingiz mumkin. Barcha qurilmalarda darhol hisobdan chiqasiz, ma’lumotlaringiz odatda bir necha daqiqada o‘chiriladi. Boshqalarning umumiy ro‘yxatlariga siz qo‘shgan mahsulotlar o‘sha ro‘yxatlarda ismingizsiz qoladi.
Xavfsizlik va bolalar
Ilova va server o‘rtasidagi ulanish shifrlangan (HTTPS), parollar faqat xesh ko‘rinishida saqlanadi, kirilgan qurilmalarni “Faol qurilmalar” bo‘limida boshqarasiz. BozorMi 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot to‘plamaydi.
O‘zgarishlar va bog‘lanish
Siyosat o‘zgarganda ushbu sahifadagi sana yangilanadi, muhim o‘zgarishlar haqida ilovada xabar beriladi. Savol va so‘rovlar uchun: support@bozormi.uz