Yordam va qo‘llab-quvvatlash
Oxirgi yangilanish: 14.09.2026
Biz bilan bog‘laning
Savol, taklif yoki muammo bo‘lsa, support@bozormi.uz manziliga yozing. Xabarda qurilmangiz va ilova versiyasini (Sozlamalar → Ilova haqida) ko‘rsating.
Parolni unutdim
Kirish sahifasidagi “Parolni unutdingizmi?” havolasi orqali emailingizga tiklash havolasini oling. Google bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, “Google bilan davom etish” tugmasidan foydalaning.
O‘zgarishlarim sinxronlanmadi
Internet ulanishini tekshiring va ilovani oching — kutayotgan o‘zgarishlar avtomatik yuboriladi. Sozlamalarda “Hozir sinxronlash” tugmasi ham bor.
Pro obunasini bekor qilish
Google Play ilovasini oching: Profil → To‘lovlar va obunalar → Obunalar → BozorMi → Obunani bekor qilish. Pro to‘langan davr oxirigacha ishlaydi.
Hisobni o‘chirish
Sozlamalar → Hisobni o‘chirish yoki bozormi.uz/delete-account sahifasi. Hisobingizga kira olmasangiz, support@bozormi.uz manziliga yozing.